About the vacancy
Bankning mobil ilovalari, internet banking va boshqa raqamli platformalari uchun Middle QA Engineer talab qilinadi. Rol test jarayonlarini, UI/API avtomatlashtirishni va fintech integratsiyalarini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Vazifalar
- Mobil ilovalar, internet banking va boshqa raqamli platformalarni test qilish.
- Test strategiyasi, test rejalari, test case va test scenario’larini ishlab chiqish.
- Functional, regression, smoke va exploratory testinglarni o‘tkazish.
- UI va API test avtomatizatsiyasini joriy qilish va rivojlantirish.
- Selenium, Appium, Cypress va boshqa vositalarda test skriptlarini yozish va qo‘llab-quvvatlash.
- Testlarni CI/CD pipeline’ga integratsiya qilish.
- Backend xizmatlari va API’larni Postman hamda Swagger orqali test qilish.
- To‘lov tizimlari va fintech xizmatlari bilan integratsiyalarni tekshirish.
- Ma’lumotlar to‘g‘riligi va tizimlararo ishlashni nazorat qilish.
- Jira va Azure DevOps tizimlarida xatolarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
- Buglarni prioritetlash va ularni hal qilish jarayonini kuzatish.
- UAT jarayonlarida ishtirok etish.
- Release oldidan yakuniy tekshiruvlar, release’dan keyingi monitoring va issue tahlilini amalga oshirish.
- Mahsulotning UX/UI qulayligini test qilish.
- Mijozlar feedbacklari asosida muammolarni aniqlash va customer journey bo‘yicha test ssenariylar ishlab chiqish.
Ish sharoiti
- To‘liq ish kuni, 5/2 grafik, soat 9:00–18:00.
- Ish joyi bankning markaziy idorasida.
- Kelishilgan ish haqi: oyiga 15 000 000–20 000 000 so‘m, tajriba va darajaga qarab.